SportUz.Net

Rasman: Edinson Kavani - "Valensiya" o'yinchisi

30.08.2022 08:50    


Rasmni yuklab olish

Hujumchi Edinson Kavani faoliyatini "Valensiya"da davom ettiradi.

35 yoshli urugvaylik klub bilan shartnoma imzoladi, bu haqda ispan jamoasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Oldinroq, tomonlarning "1+1" ko'rishida shartnoma imzolashi aytilgan edi.

Kavanining so'nggi jamoasi "Manchester Yunayted" bo'lgan edi, u 2022 yilning 30 iyunida shartnomasi yakunlangani sabab klubni erkin agent maqomida tark etdi.

Kavani o'tgan mavsum "qizil iblislar" safida barcha musobaqalarda 20ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: