31 yoshli ispaniyalik futbolchi 1 iyul kuni erkin agentga aylangandi. U yangi jamoasiga tekinga kelib qo'shildi. SHartnoma yil oxirigacha mo'ljallangan va uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoni bor.
Uning so'nggi jamoasi "Betis" bo'lgandi va u 2017 yildan buyon ushbu jamoa tarkibida o'ynab kelayotgandi. O'tgan mavsumda Telo barcha turnirlarda 35 o'yinda qatnashib, 5 gol va 3 assist qayd etdi.