SportUz.Net
photo photo

“So'g'diyona” - “Paxtakor” o'yini Jizzaxda bo'lib o'tadi

04.08.2022 14:50    


Rasmni yuklab olish

Coca-Cola Superliganing 11-turidan qolib kelayotgan “So'g'diyona” - “Paxtakor” uchrashuviga Jizzax shahri mezbonlik qiladi.

Avvalroq davlat test imtihonlari sabab “So'g'diyona” tomoni uchrashuvni Jizzaxdagi markaziy stadionda qabul qila olmasligi malum qilib, uchrashuvni Olmaliq shahriga ko'chirishni so'rab murojaat qilgandi. Samarqand varianti esa bir kun keyin 11-turning qoldirilgan yana bir uchrashuvi bo'libi o'tishi sabab, amalga oshmagandi. 


Mavsumning markaziy o'yinlaridan birini Jizzax shahrida tashkil etish borasida viloyat hokimligi hamda “So'g'diyona” futbol klubi oxirigacha harakatda bo'ldi. Yakunda tomonlar Davlat test markazi bilan kelishuvga erishdi. Endilikda o'tgan mavsumni dastlabki ikki o'rinda yakunlagan klublar ishtirokidagi uchrashuv 6 avgust kuni Jizzaxda o'tadi. Bellashuv soat 19:00 da start oladi. 


O'zbekiston Professional futbol ligasi har qanday jamoa o'z muxlislari ko'z o'ngida to'p surishidan manfaatdor ekanligini eslatib o'tamiz hamda futbol muxlislaridan bizga bog'liq bo'lmagan yangilik va o'zgarishlarni ni to'g'ri talqin qilishlarini so'raymiz. Ishonamizki, 2023 yilgi mavsumdan boshlab davlat test imtihonlari avvalgidek stadionlarda o'tkazilmaydi va bizda futbol uchrashuvlarini o'tkazish bilan bog'liq muammo yuzaga kelmaydi. 


Ayni vaqtda “Sport” telekanali ijodkorlari Olmaliqda o'tishi rejalashtirilgan uchrashuvning Jizzaxga ko'chganidan kelib chiqib, jonli translyaciya rejalarini Jizzaxdan amalga oshirish ustida ishlayapti.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: