26 yoshli futbolchiga La Liganing ikki vakili qiziqish bildirmoqda.
Ilk davogar poytaxtning boshqa bir klubi – "Atletiko. "Matraschilar" bilan Asensio uchun Sevilyaning "Betis" klubi kurash olib borishga tayyor.
Marko 2015 yildan beri "qaymoqranglilar" sharafini himoya qiladi. Uning "Real" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2023 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Yarim himoyachi o'tgan mavsum La Liga 31ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol urishga erishdi.