Jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola norvegiyalikka "Bavariya"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida ishonadi: "Agar to'shakdan yiqilib, to'pig'ini sindirib olmasa o'ynaydi".
"Bavariya" — "Manchester Siti" o'rtoqlik o'yini yakshanba kuni Grin-Beydagi "Lembo Fild" stadionida bo'lib o'tadi.
21 yoshli Xoland 1 iyulda "Manchester Siti"ga Dortmundning "Borussiya" klubidan 60 million evro evaziga o'tgandi. Norvegiyalik futbolchi o'tgan mavsum nemis jamoasi tarkibida 30ta o'yinda maydonga tushib, 29ta gol va 8ta assist qayd etdi.
Ien Garri: "Agar Maxachev yarim o'rta vaznda titul jangini xohlasa, qolganlar kutib turishadi"