SportUz.Net
photo photo

Karles Puyol "Barselona"ga qaytadi

27.03.2021 16:25    


Rasmni yuklab olish

"Barselona"ning sobiq sardori Karles Puyol butun faoliyati o'tgan klubga qaytadi.

42 yoshli futbolchi "Barselona" fondi qoshida ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda bevosita ishtirok etadi va klubning boshqaruv, transfer ishlariga aralashmaydi.

"Puyol va uning ayoli ko'plab loyihalarni "o'ylab qo'yishgan" hamda ularni "Barsa" bilan birgalikda hayotga tadbiq qilishmoqchi. Uning o'zi fondni boshqaradimi yoki yo'q, aniq bilmayman. Lekin u fond qoshidagi loyihalar bilan mashg'ul bo'ladi.

Puyol xayriya loyihalarida faol ishtirok etadi va klubga Laportaning qaytishi unga ishonch bag'ishlamoqda", – deyiladi Onze dasturi "Twitter" sahifasida. 

Karles Puyol butun faoliyatini "Barselona"da o'tkazgan va 2004 - 2014 yillar oralig'ida jamoa sardori bo'lgan. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: