SportUz.Net

Kavani La Liga klubi bilan kelishuvga erishdi

19.07.2022 18:25    


Rasmni yuklab olish

"Vilyarreal" hujumchi Edinson Kavani bilan shartnoma imzolashga yaqin.

"Marca" nashri "Vilyarreal"ning o'tgan mavsum yakunlanganidan keyin erkin agent sifatida "Manchester Yunayted"dan ketgan hujumchi bilan kelishib olganini malum qildi.

Kavani "Vilyarreal"ga o'tishga rozi  bo'lgan. Endi klub u bilan shartnoma imzolash uchun Pako Alkaser bilan xayrlashishi kerak. "Vilyarreal"da ayni damda qaysidir futbolchini sotib yubormasdan boshqa futbolchini tarkibga qo'shib olish imkoni yo'q.

Eslatib o'tamiz, Kavani ayni damda "Vilyarreal"ni boshqarayotgan Unai Emeri bilan PSJda ishlagan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: