Kecha muxlislarga yaxshi tanish tajribali tayanch yarim himoyachi Akbar Ismatullaev va bo'ydor himoyachi Jasur Yoqubov bilan kelishuvga erishildi. Har ikkala futbolchi ham bugun Minsk shahriga etib boradi va mashg'ulotlarga qo'shiladi.
"Davolanishlar sababli malum muddat maydonga tusha olmagan bo'lsamda, hozir hammasi joyida, jarohatimdan to'liq qutilganman. Ayni vaqtda jismoniy holatim alo darajada. Buni mavsumning ikkinchi qismida amalda isbotlayman. Jamoaning g'alabalariga va muvaffaqiyatiga o'zimning hissamni qo'shib, mavsumni yaxshi kayfiyatda yakunlash uchun bor kuchim bilan harakat qilaman», - deya o'z fikrlarini bildirib o'tdi Akbar Ismatullaev.