Kataloniya klubi bosh murabbiyi Xavi 18 yoshli angliyalikning transferini maqulladi.
Qayd etish kerakki, "ko'k-anorranglilar"ga yarim himoyachining transferi borasida kelishuvga erishish oson bo'lmaydi. SHu bilan birga, CHukvuemekida boshqa klublardan ham takliflar bor.
CHukvuemeki o'tgan mavsum birmingemliklar safida barcha musobaqalarda 15ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi. Xavbekning klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.