SportUz.Net

“Torpedo” Erkinov uchun “Paxtakor”ga 220 ming “ko'kida” to'ladi. Tushgan mablag' kimga sarflanishi ham malum

09.07.2022 11:25    


Rasmni yuklab olish

“Paxtakor” yarim himoyachisi Hojimat Erkinov kecha rasman “Torpedo” (Moskva) klubi azosiga aylandi.

21 yoshli futbolchi bilan kelishuv 3 yilga mo'ljallangan.

Saytimiz insayderlaridan biri xabar berishicha, “Paxtakor” Erkinovning transferidan 220 ming dollar ishlab oldi.

Tushgan mablag'ning malum qismi esa “sherlar” bilan shartnomasini bekor qilgan makedoniyalik mutaxassis Slavche Voyneskiga tovon puli sifatida o'tkaziladi.

Rasman: "Torpedo" Erkinov bilan shartnoma imzolanganini elon qildi



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: