Manba: Eriksen "Manchester Yunayted" bilan shartnoma imzoladi
05.07.2022 13:50
1134
Rasmni yuklab olishJurnalist Fabricio Romano Daniya terma jamoasi yarim himoyachisi Kristian Eriksen "Manchester Yunayted" bilan shartnoma imzolaganini xabar qildi.
Transfer haqida yaqin soatlarda elon qilinadi. "Manchester Yunayted" iyulda beshta transferni amalga oshirishga tayyorlanmoqda.
Eslatib o'tamiz, Eriksen o'tgan mavsumni "Brentford"da o'tkazdi.
Xavbek 11ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 4ta assist qayd etdi.
Дўстларга юборинг: