Afrika millatlar kubogi 2023 yilning iyun-iyul oylarida Kot-d'Ivuarda o'tkazilishi kerak edi. Biroq bu davrda, odatda, mamlakatda kuchli yomg'ir yog'adi. SHu munosabat bilan turnir 2024 yilning yanvar-fevral oylariga ko'chirildi.
Musobaqaning amaldagi sohibi Senegal terma jamoasi hisoblanadi. SHu yilning fevral oyida bo'lib o'tgan finalda Sadio Mane va uning jamoasi penaltilar seriyasida Misrni mag'lub etishdi.