"As" xabariga ko'ra, franciyalik futbolchi "ko'k-anorranglilar"ning taklifiga ko'nishi kutilmoqda. Yangi shartnoma 2024 yilgacha mo'ljallangan bo'ladi. Unda uning maoshi 40 foizga pasayib, Ansu Fati kabi maosh olishi belgilanadi.
Oldinroq Dembelening PSJ bilan kelishib olgani borasida malumotlar tarqalgandi. Ammo keyinchalik parijliklar jarohatga moyil bo'lgani uchun futbolchidan voz kechgandi. Ayni damda vingerning oldida takliflar yo'q.
25 yoshli futbolchi o'tgan mavsum "Barselona" tarkibida 32 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 13 ta assist qayd etdi.
APLda eng ko'p seyv qilgan darvozabon malum. Uning jamoasi eng kam gol o'tkazib yubordi