SportUz.Net

"Real" Benzema bilan 2024 yilgacha shartnoma imzolashi mumkin

03.07.2022 18:25    


Rasmni yuklab olish

"Real" rahbariyati hujumchi Karim Benzema bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

"AS" xabariga ko'ra, shartnoma kamida 2024 yilgacha mo'ljallangan bo'ladi. Bu Madrid klubining asosiy maqsadiga aylanib ulgurgan. Ammo, Benzemaning shartnomasida bir band bor. Agarda Karim "Oltin to'p"ni oladigan bo'lsa, bu shartnomaga yana bir mavsum qo'shib beradi.

Ayni damda Karim Benzema "Oltin to'p" uchun asosiy nomzod bo'lib turibdi. Bu holat unga katta bonus pullariga ega bo'lishiga ham zamin yaratishi kutilmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: