Turin klubi 31 yoshli uelslik bilan shartnoma erta bekor qilingani sabab futbolchiga 4 million evro to'laydi.
Remzi "Yuventus"ga 2019 yilning iyulida o'tgan edi. Yarim himoyachi 2021/22 yilgi mavsum jamoa tarkibida 5ta o'yinda maydonga tushdi.
Remzi o'tgan mavsumning ikkinchi qismini "Reynjers" safida o'tkazdi va Evropa Ligasi finaliga qadar etib bordi. Futbolchi shotland jamoasi tarkibida 13ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Ien Garri: "Agar Maxachev yarim o'rta vaznda titul jangini xohlasa, qolganlar kutib turishadi"