SportUz.Net
photo photo

Valverde "Atletik" bosh murabbiyligi uchun davogarlik qilmoqda

23.06.2022 14:00    


Rasmni yuklab olish

"Barselona" sobiq bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Atletik"ni boshqarishi mumkin.

58 yoshli mutaxassis klub u bilan aloqaga chiqqanini tasdiqladi.

Bilbao jamoasi bosh murabbiyligi uchun shuningdek "Lids" sobiq murabbiyi Marselo Belsa ham davogar. Qayd etish kerakki, ikki mutaxassis ham bungacha "Atletik"ni boshqarishgan.

Eslatib o'tamiz, "Atletik" sobiq bosh murabbiyi Marselino Garsiya klubni 2021/22 yilgi mavsum so'nggida tark etdi. Baskoniya jamoasi uning qo'l ostida La Ligada 8-o'rinni egalladi va Ispaniya Kubogi yarim finaliga qadar etib bordi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: