SportUz.Net
photo photo

Dunyoning eng qimmat o'yinchilari reytingi taqdim etildi

25.03.2021 07:50    


Rasmni yuklab olish

CIES Football Observatory futbolchilar narxidan kelib chiqib, yangi reytingni elon qildi.

Tadqiqotchilar o'zlarining hisoblash algoritmiga ega bo'lib, unda nafaqat futbolchining ko'rsatkichlari, balki uning yoshi, shartnomaning davomiyligi, amaldagi yutuqlari va boshqa bazi omillar hisobga olinadi.

SHu sababli ushbu mavsumda yaxshi futbol namoyish etayotgan yoshi kattaroq futbolchilar ro'yxatda yo'q. "Yuventus"ning 36 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu va "Barselona"ning 33 yoshli hujumchisi Lionel Messi yoki "Milan"ning 39 yoshli to'purari Zlatan Ibragimovich shular jumlasidan. 

Reyting quyidagicha ko'rinish kasb etgan:

1. Erling Xoland ("Borussiya" Dortmund) - 150-200 million evro

Markus Reshford ("Manchester Yunayted") — 150-200 million evro

3. Joau Felish ("Atletiko") — 120-150 million evro 

Fil Foden ("Manchester Siti") — 120-150 million evro 

Kilian Mbappe (PSJ) — 120-150 million evro

Bukayo Saka ("Arsenal") — 120-150 million evro 

7. Timo Verner ("CHelsi") — 90-120 million evro

Trent Aleksandr-Arnold ("Liverpul") — 90-120 million evro

Alfonso Devis ("Bavariya") — 90-120 million evro

Frenki de Yong ("Barselona") — 90-120 million evro

Lautaro Martines ("Inter") — 90-120 million evro

Matteys de Ligt ("Yuventus") — 90-120 million evro

Xarri Keyn ("Tottenxem") — 90-120 million evro



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: