SportUz.Net

U-23 Osiyo Kubogi. Yaponiyani mag'lub etgan O'zbekiston finalda o'ynaydi

16.06.2022 05:25    


Rasmni yuklab olish

Yurtimiz mezbonligida davom etayotgan U-23 Osiyo Kubogida finalchilarning nomi malum bo'ldi.

Yarim finalning dastlabki uchrashuvida Saudiya Arabistoni terma jamoasi "Paxtakor" stadionida Avstraliyani Hussayn Ahmad (20) va Ayman Yahyo (72) tomonidan kiritilgan gollar evaziga 2:0 hisobida mag'lub etdi.

Ikkinchi yarim final uchrashuvi "Bunyodkor" stadionida muxlislarsiz o'tkazildi. Stadion atrofiga yig'ilgan 15 mingga yaqin muxlisning g'oyibona daldasi bilan terma jamoamiz chempionlik uchun asosiy davogar Yaponiyani 2:0 hisobida dog'da qoldirdi.       

O'zbekiston U-23 — Yaponiya U-23 2:0

Gollar: 60 - Jasur Jaloliddinov, 89 - Husayn Norchaev

O'zbekiston U-23: 12.Vladimir Nazarov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 3.Doston Tursunov (6.Jaloliddin Sodiqov,71), 5.Muhammadqodir Hamraliev, 7.Hojimat Erkinov (20.Ruslanbek Jiyanov,71), 9.Ulug'bek Hoshimov (14.Abbosbek Fayzullaev, 76), 10.Jasur Jaloliddinov (14.Abbosbek Fayzullaev,76), 15.Odilbek Abdumajidov, 17.Diyor Xolmatov, 19.Husayn Norchaev, 23.Abdurauf Bo'riev

Yaponiya U-23: 12.Zion Suzuki, 3.Seyya Baba, 6.Daiki Matsuoka (7.Rihito Yamamoto,58),  8.Joel CHima Fujita, 9.SHota Fujio, 10.Koki Saito (13.Kein Sato,58), 11.Mao Hosoya, 16.Takashi Uchino, 17.Hijiri Kato, 18.Yuito Suzuki, 22.Anri CHase

Ogohlantirishlar: 10 - Yuito Suzuki, 39 - SHota Fujio — 62 - Abdurauf Bo'riev.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: