Muxlislar o'rtasidagi so'rovnoma yakunlariga ko'ra, yarim himoyachi Bukayo Saka eng yaxshi bo'ldi. So'rovnomada ishtirok etganlarning 58 foizi Saka uchun ovoz bergan.
20 yoshli futbolchi ketma-ket ikkinchi mavsumda ham eng yaxshi bo'ldi. Bungacha faqat Terri Anri, Ian Rayt va Liam Breydi ketma-ket "Arsenal"da eng yaxshi futbolchi bo'la olgan.
Saka ushbu mavsumda klubi safida barcha musobaqalarda 12 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.