SportUz.Net
photo photo

Grizmann: "Barselona" aqlbovar qilmas natijalarga erishishi mumkin"

22.03.2021 17:25    


Rasmni yuklab olish

"Barselona" forvardi Antuan Grizmann La Liga 28-tur doirasidagi "Real Sosedad"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Ko'k-anorranglilar" mehmonda 6:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

"Barselona" dastlabki daqiqalardanoq tashabbusni qo'lga oldi. Biz ajoyib o'ynadik va mudofaada muvaffaqiyatli harakatlandik. Bu jamoa uchun ajoyib kecha bo'ldi. Har bir o'yinchilarimiz gollar urishga qodir. Biz aqlbovar qilmas natijalarga erishishimiz mumkin", - deydi franciyalik hujumchi.

"Barsa" Ispaniya chempionatida 28 turdan so'ng 62 ochko to'plab, etakchi "Atletiko"dan so'ng (4 ochko farq) ikkinchi o'rinda bormoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: