Evropa CHempionlar Ligasi final o'yiniga kirish chog'ida stadion xodimlari 2800 ta sohta chiptani skanerdan o'tkazishgani malum bo'ldi. Bu chiptalarning barchasi "Liverpul" muxlislari kiritiluvchi joyda aniqlangan.
Avvalroq, Parijdagi finalga 30-40 ming muxlis noqonuniy tarzda kirishga uringani aytilgandi. SHu bilan birga, 2700 nafar muxlis qo'lida haqiqiy chiptasi bo'la turib finalga kira olmagan.