"Bavariya" forvardi o'tgan yili sovrin topshirilgan paytda Messining sovrin uchun Levandovski haqligini aytib, o'zi unga ovoz bermaganidan hayron qolganini bildirgandi.
"Odamlar nimani o'ylayotgan bo'lsa, o'shani gapirishga haqli. Tabiiyki, odamlar nimani istasa, shuni gapiradi.
Uning gaplariga alohida ahamiyat berganim yo'q. CHunki odamlar doimo o'zini haq deb biladi.
O'shanda gaplarimni chin yurakdan aytganman, chunki, o'shanda shunday bo'lsa kerak deb hisoblaganman.
Robert "Oltin to'p"ga haqli edi, chunki u bir yil oldin rostdan ham ajoyib holatda bo'lgandi. Ammo sovrinni yutgan paytimda Robert eng yaxshisi emasdi. U nimani o'ylayotgan bo'lsa, shunday deb hisoblayversin", - dedi Messi.
Xoakin Bakli o'z vaznidagi top UFC jangchilarini yaxshisidan yomoniga tomon o'rinlarga qo'yib chiqdi
UFC on ESPN 69 turniri jangchilari taroziga chiqdi. Usman va Bakli bir xil vazn ko'rsatdi