SportUz.Net
photo photo

Jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qolgan Bunu tarixga kirdi

21.03.2021 14:50    


Rasmni yuklab olish

"Sevilya" posboni Yassin Bunu LaLiganing 28-turi doirasida "Valyadolid" darvozasini ishg'ol qildi.

U uchrashuvning ikkinchi bo'limiga qo'shib berilgan 4-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Bu esa LaLiga tarixida darvozabon kiritgan 18-gol bo'ldi. Qayd etish kerak, Bununing golini qo'shsak, faqatgina uch gol penaltidan urilmagan.

Undan tashqari, LaLiga tarixida ilk marta bir mavsumning o'zida bir yo'la ikki posbon gol urishga erishdi. Yanvar oyida "Eybar" posboni Marko Dmitrovich penaltidan "Atletiko" darvozasiga yo'l topgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: