SportUz.Net

Konferenciyalar ligasi. Kim uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi?

26.05.2022 11:25    


Rasmni yuklab olish

"Roma" futbolchisi Kris Smolling Konferenciyalar ligasi finalining eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.

32 yoshli futbolchining harakatlari UEFA rasmiy saytida quyidagicha baholandi: 

"Himoyadagi ajoyib o'yin. U barcha yakkakurashlarda g'alaba qozondi va rimliklar klubi himoyasi qo'rg'oni bo'ldi. 

Markaziy himoyachi "Feyenoord" hujumchilari tandemi Luis Sinisterra va Siril Desserislarni ushlab qolishda katta rol o'ynadi hamda "Roma"ning g'alabasiga hissa qo'shdi", - deyiladi UEFA rasmiy sayti xabarida. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: