SportUz.Net

SHomurodov 29 o'yindan beri ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi. U A Seriya mavsumini qanday yakunladi?

21.05.2022 09:25    


Rasmni yuklab olish

Italiya chempionati 38-turida “Roma” safarda “Torino”ni 3:0 hisobida mag'lub etib, keyingi mavsum Evropa Ligasida o'ynash huquqini qo'lga kiritdi.

Vanihoyat, rimliklar ustozi Joze Mourinyu Eldor SHomurodovni ilk daqiqalardan maydonga tushirishga qaror qildi va u 76-daqiqda almashtirildi. O'zbekistonlik klub safida 29 uchrashuvdan beri birinchi marotaba asosiy tarkibga kiritildi. Bungacha u 18 bahsda zaxiradan o'yinga qo'shilgan, 11 tasida esa qaydnomadan joy olib, uchrashuvga tushmagandi.

26 yoshli hujumchi A Seriya 2021/22 yilgi mavsumida 28 bahsda qatnashib, 3 ta gol urdi va 4 ta assistni o'z hisobiga yozdirdi. SHuningdek, Eldor ikki bor sariq kartochka ham oldi. U o'tgan mavsum “Jenoa” safida 31 uchrashuvda 8+1 natija ko'rsatgandi.

Eslatib o'tamiz, rimliklarni oldinda Konferenciyalar Ligasi finali doirasida 25 may kuni "Feyenoord"ga mavsumdagi hal qiluvchi bahs kutmoqda. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: