SportUz.Net
photo photo

"Manchester Yunayted" Leau uchun davogarlik qilmoqda

20.05.2022 12:50    


Rasmni yuklab olish

"Manchester Yunayted" "Milan" hujumchisi Rafael Leau uchun davogarlik qilmoqda.

Angliya klubi futbolchi uchun PSJ bilan raqobat qilishga tayyor.

MYU yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoani deyarli qabul qildi va tarkibni kuchaytirish uchun yangi o'yinchilarni izlamoqda. Angliya klubi portugaliyalik vinger uchun PSJ bilan davogarlik qilishga tayyor. Ammo, "Milan" A Seriya chempionligiga yaqinligi sabab futbolchining narxi 100 mln evroga qadar ko'tarilishi mumkin.

Leau joriy mavsum A Seriya doirasidagi 33ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 6ta assist qayd etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: