Jurnalist Nikolo Skiraning malumotiga ko'ra, 33 yoshli polyak Kataloniya klubi bilan 2025 yilga qadar shartnoma borasida kelishuvga erishdi.
Qayd etish kerakki, endilikda "Barselona" hujumchining o'tishi bo'yicha Myunxen klubi bilan kelishuvga erishishga urinib ko'radi.
Levandovski joriy mavsum "Bavariya" tarkibida barcha musobaqalarda 47ta o'yinda maydonga tushib, 50ta gol va 7ta assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Iliya Topuriya: "Hammasi menga bog'liq bo'lganida, 13 iyul kuniyoq Maxachev bilan jang qilardim"