"Atletiko" La Liga 37-tur doirasida kecha "Vanda Metropolitano"da "Sevilya" (1:1) biln durang o'ynadi. Suares asosiy tarkibda maydonga tushdi va 65-daqiqada o'z o'rnini Mateus Kunyaga bo'shatib berdi.
Urugvaylik o'yin so'nggida ko'z yoshlarini tiyib tura olmadi. Bu urugvaylik uchun "matraschilar" safida uydagi so'nggi o'yin edi.
O'yindan so'ng "Atletiko" o'z muxlislari bilan birga Luis Suares va Ektor Errera bilan xayrlashdi.
Amirxon Alixo'jaevning braziliyalik raqibiga qarshi jangi bir raund ham davom etmadi