SportUz.Net
photo photo

OFK may oyida uchta musobaqaga qura tashlaydi

13.05.2022 12:50    


Rasmni yuklab olish

May oyida OFKni bir nechta tadbirlar kutmoqda.

Xabaringiz bor, shu yilning 25 sentyabrdan 20 oktyabrga qadar Quvaytda futzal bo'yicha navbatdagi Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Bunda qitamizning eng kuchli 16 futzal milliy terma jamoalari ishtirok etadi. 


26 may kuni OFK qarorgohida futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga qura tashlash marosimi o'tkaziladi. 


Undan oldinroq esa, yani 24 may kuni yana ikkita musobaqaga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi: U-17 Osiyo chempionati va U-20 Osiyo chempionati saralash o'yinlari. 


Malumot uchun navbatdagi U-17 Osiyo chempionati 2023 yil Bahraynda, U-20 Osiyo chempionati esa 2023 yil O'zbekistonda tashkil etiladi. 


Har ikkala musobaqaning saralash bosqichi markazlashgan tartibda o'tkaziladi. U-17 Osiyo chempionati saralash bahslariga Avstraliya, Bangladesh, Indoneziya, Iordaniya, Qirg'iziston, Ummon, Saudiya Arabistoni, Tojikiston, O'zbekiston va Vetnam mezbonlik qiladi. Musobaqa muddati: 2022 yil, 1-9 oktyabr.  


U-20 Osiyo chempionatiga saralash uchrashuvlari markazlashgan tartibda Bahrayn, Indoneziya, Iroq, Iordaniya, Qirg'iziston, Laos, Mo'g'uliston, Ummon, Saudiya Arabistoni va Tojikistonda bo'lib o'tadi. Musobaqa muddati: 2022 yil, 10-18 sentyabr.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: