L'Equipe xabariga ko'ra, A Seriya o'yinchilari orasida "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu barchadan ko'proq daromad qiladi. Uning oylik maoshi 4,53 million evroga teng (soliqlarni hisobga olmaganda). Ikkinchi o'ringa "Roma" etakchisi Edin Jeko (1,07 mln) joylashgan bo'lsa, uchinchi pog'onani "Yuve" himoyachisi Matteys de Ligt (1,02 mln) egallab turibdi.
"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte esa Italiya chempionatida faoliyat yuritayotgan murabbiylar orasida oyiga 1 mln evrodan ko'proq maosh oladigan yagona mutaxassis hisoblanadi. Uning oylik ish haqi 1,38 mln evroga teng. Keyingi o'rinlarga "Roma"ni boshqarayotgan Paulu Fonseka (0,38 mln) hamda Bergamoning "Atalanta" klubi ustozi Jan Pero Gasperini (0,36 mln) joylashgan.
Oliveyra: "Topuriya - men jang qilganlar orasida eng qattiq zarba beruvchi sportchi"
"Undan rekordidagi nolni olib qo'ymoqchiman". Volkanovski Evloev bilan jangga tayyor
Pimblett nima uchun Topuriya bilan jangga loyiq ekanligini aytdi va Maxachevni misol keltirdi