"Men uchun "Manchester Yunayted"ni boshqarish katta g'urur. Sabrsizlik bilan yangi joydagi yangi sinovlarni kutyapman. Ushbu buyuk klubning tarixini va muxlislari qanday ehtiroslar bilan uni qo'llab-quvvatlashini bilaman. Men jamoani rivojlantirishga va u loyiq bo'lgan muvaffaqiyatga erishtirishga shayman.
SHuncha ajoyib yillardan so'ng "Ayaks"dan ketish qiyin bo'ladi. Muxlislarni "Manchester Yunayted"ga yo'l olishdan oldin to'liq Niderlandiyada mavsumni muvaffaqiyatli yakunlashga etiborimni qaratishimga ishontirmoqchiman", - deydi ten Xag.
52 yoshli ten Xag 2021/22 yilgi mavsum so'nggida "Manchester Yunayted"da ish boshlaydi. U ishchi vizasi olganidan so'ng jamoaga qo'shiladi. Mutaxassis bilan shartnoma bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 2025 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Ten Xag joriy mavsum so'nggiga qadar "Ayaks"ni boshqaradi, u jamoada 2017 yilda ish boshlagandi.
Topuriya: "Carukyan qo'rqib qolgan. U jang qilmasligi aniq bo'lganda vazn qila oladi"