Hamyurtimiz joriy mavsum jamoa tarkibida 17ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi va klubning mart oyidagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.
SHartnomani uzaytirish haqida "Nijniy Novgorod" bosh direktori Ravil Izmaylov o'z fikrlarini bildirdi:
"Yo'ldoshev - iqtidorli va kelajagi bor O'zbekiston terma jamoasi o'yinchisi. Ushbu mavsumda u Rossiya chempionatiga moslashdi, muxlislarimiz uni sevishadi va hurmat qilishadi. U bosh murabbiy ishonchida. Ibrohimhalil insoniy sifatlar bo'yicha ham bizga eng yaxshi tomondan namoyon bo'ldi. Biz unga o'sish va klubimizdagi o'yinlarda muvaffaqiyat tilaymiz".
Eslatib o'tamiz, oldinroq saytimizning "Eshitdik-da!" rukni orqali "Nijniy Novgorod"ning o'yinchiga yangi shartnoma tayyorlayotgani haqida xabar bergan edik.
Dvalishvili qanday holatda Umar Nurmagomedovga qarshi revansh jang bo'lishini aytdi