"Men uchun o'yinda g'alaba qozonishimiz muhim edi. "Lacio" yaxshi himoyalandi, ammo o'ylaymanki, haqli ravishda g'alaba qozondi. Gol o'tkazib yuborganimizdan esa afsusdaman.
Bizda kuchli hujum chizig'i bor. Biz shunday o'ynashda va himoyalanishda davom etishimiz muhim. Himoyalanishni hujumchilarimiz boshlab berishlari kerak, bu raqibga bosim o'tkazadi.
Albatta orada raqiblarda ham vaziyatlar yuzaga keladi. Ammo men aynan shunday o'ynashimizni istayman", - dedi Flik.