SportUz.Net
photo photo

Xavi: “Kutmagandik”

21.03.2022 08:50    


Rasmni yuklab olish

“Santiago Bernabeu”da “Real” ustidan qo'lga kiritilgan yirik (4:0) g'alabadan keyin “Barselona” ustozi Xavi o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Barsa”ning barcha muxlislari uchun baxtli kun. Ko'proq gol urishimiz ham mumkin edi.

“Real”ning stadionida bunchalik ustunlik qilishimizni kutmagandik. Bir hafta dam oldik va juma kuni Turkiyadan uchub keldik. Fantastik o'ynadik va bundan juda mamnunman. O'yin jihatidan ham, natija tomonidan ham “Real”dan ancha ustun keldik. Qulog'imizgacha tabassum bilan qaytmoqdamiz.

Titul haqida o'ylamasdan, mehnat qilishda davom etishimiz lozim. Maksimal xotirjamlik bilan oldinga intilamiz”, deydi Xavi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: