Bu myunxenliklar kiperi Manuel Noyer uchun Bundesligadagi 311-g'alaba bo'ldi va u mazkur natija bo'yicha Oliver Kanning rekordini yangiladi. 35 yoshli darvozabon musobaqada 460 ta o'yinda qatnashgan va g'alabalar ko'rsatkichi 68 foizni tashkil qilmoqda.
Noyer “qizillar” bilan 9 marta mamlakat chempionligi va 17 bor har xil toifadagi turnirlarda g'oliblikka erishgan.
Jangiga 5 kun qolgan 46 yoshli Menni Pakyao ayni paytdagi aktual formasini ko'rsatdi + FOTO