"Bizda ko'plab yosh futbolchilar bor, oldinda vaqtimiz ko'p. Jamoa katta narsalarga erishish uchun etarli sifatga ega. Biz CHempionlar Ligasiga etiborimizni qaratganmiz va chempionatda top-4ga kirmoqchimiz. "Arsenal"dek klub CHLda ishtirok etishi kerak.
Biz doim kattarog'ini xohlaymiz. "Arsenal" - katta klub. Agar imkoni bo'lsa, butun faoliyatimni shu erda o'tkazaman. Men shu erda qolmoqchiman va sheriklar va ajoyib muxlislar bilan sovrinlarni qo'lga kiritmoqchiman", - deydi Martinelli.
Martinelli "Arsenal"da 2019 yilning iyulidan beri o'ynaydi. 20 yoshli braziliyalik futbolchi 2021/22 yilgi mavsum "kanonirlar" tarkibida 23ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assist qayd etdi.