SportUz.Net
photo photo

"Nyukasl" direktori: "Abramovichdan klubini olib qo'yishmoqda. Bu adolatsizlik"

04.03.2022 20:25    


Rasmni yuklab olish

"Nyukasl" direktori Amanda Steyvli Roman Abramovichning "CHelsi"ni sotish qaroriga munosabat bildirdi.

"Bizda doimo geosiyosiy muammolar bo'ladi. Men rostdan ham xafaman, bir insondan futbol klubi tortib olinmoqda, sababi unda kim bilandir aloqa bo'lishi mumkin.

Bu adolatdan deb o'ylamayman. Ammo, biz barcha munosabatlarimiz uchun hisob-kitob qilinishimiz kerak", - deydi Steyvli.

Abramovich 2003 yilda "CHelsi"ni 140 mln funtga xarid qildi. Jamoa uning qo'l ostida 21ta sovrin yutdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: