SportUz.Net
photo photo

Aguero "Barselona"ga o'tishi borasidagi mish-mishlarga javob berdi

13.03.2021 16:25    


Rasmni yuklab olish

Argentinalik forvard Serxio Aguero katta ehtimol bilan "Manchester Siti"dan mavsum so'nggida ketadi.

Ko'plab manbalar futbolchining "Barselona"ga o'tish borasida kelishuvi borligi haqida yozmoqda. Kataloniyaliklarning yangi prezidenti Joan Laporta ushbu transfer uning do'sti Lionel Messining klubda qolishiga yordam beradi deb hisoblamoqda.

"Barcha "Barsa", "Barsa", "Barsa" deb yozishmoqda. Keling ozgina kutamiz va ko'ramiz. Stop! Biz hali ham "Siti"damiz", - deydi argentinalik "Tvitch"da.

Aguero joriy mavsum 12ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: