SportUz.Net

BAA Prezidenti Kubogi. “SHarja” superkambek evaziga finalga yo'l oldi. SHukurov to'liq o'ynadi

23.02.2022 09:50    


Rasmni yuklab olish

BAA Prezidenti Kubogi 1/2 finali javob bahsida “SHarja” 3:2 hisobida “Al Vasl”ni irodali tarzda mag'lub etdi.

Avvaliga, dubayliklar 2:0 hisobida oldinga o'tib olishgandi. Biroq, sharjaliklar vaziyatni o'nglab, Usmon Kamaraning goli va Kayoning dubli evaziga kambek ko'rsatdi hamda musobaqa finaliga yo'l oldi. Mezbonlar safida Otabek SHukurov o'yinni to'liq o'tkazdi.

Eslatib o'tamiz, ilk o'yinda nursiz durang qayd etilgandi. SHunday qilib, “SHarja”ning finaldagi raqibi “Al Vahda” bo'ladi.

“SHarja” – “Al Vasl” 3:2 (0:0, 3:2)

“SHarja” stadioni

Gollar: Jilberto 52 – 0:1, Xabush 57 – 0:2, Kamara 77 – 1:2, Kayo 90 – 2:2, Kayo 90+2 – 3:2.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: