SportUz.Net
photo photo

Yaypanda bo'lib o'tadigan Superkubok uchrashuviga chiptalar sotuvi davom etmoqda

22.02.2022 17:50    


Rasmni yuklab olish

Xabaringiz bor, 27 fevral kuni Yaypan shahridagi "O'zbekiston" o'yingohida O'zbekiston Supekubogi uchrashuvi o'tkaziladi.

SHu kuni O'zbekistoning eng nomdor jamoalaridan hisoblangan Toshkentning "Paxtakor" va Qarshining "Nasaf" klublari o'zaro maydonga chiqadilar.

Ayni kunlarda Yaypan shahrida ushbu katta futbol bayramiga tayyorgarlik jarayoni o'zining avj pallasiga kirgan. "Turon" PFK va O'zPFL o'zaro xamkorlikda Superkubok uchrashuvini ko'tarinki va bayramona tashkillash uchun "O'zbekiston" stadioni xududida bir qator amaliy ishlarni olib bormoqdalar. Xususan stadionda OAV vakillari, jurnalist va blogerlar uchun alohida media-tribuna va simsiz internet aloqa tarmog'i shakllantirildi.

"Paxtakor" va "Nasaf" jamoalari o'rtasidagi O'zbekiston Superkubogi uchrashuviga kirish chiptalari sotuvi ham yo'lga qo'yilgan bo'lib, stadion masullari tomonidan berilgan so'ngi malumotga ko'ra ayni damda 4000 minga yaqin chiptalar sotib bo'lingan.

Takidlash joiz, mamlakatimizda 2022 yilgi katta futbol mavsumi Yaypanda O'zbekiston Superkubogi uchrashuvi bilan start oladi. O'yindan bir kun avval "O'zbekiston" stadioni anjumanlar zalida "Paxtakor" va "Nasaf" klublari bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi. Bundan tashqari, futbol uchrashuvi oldidan va tanaffus vaqtida stadionga tashrif buyurgan muxlislar uchun maxsus koncert dasturi namoyishi ham rejalashtirilgan. Jumladan, shu kuni muxlislar taniqli estrada yulduzlari - Farhod va SHirin juftligi ijrosida diltortar taronalarga bevosita guvoh bo'lgan xolda maroqli hordiq chiqarishlari taminlanadi.

Superkubok uchrashuvi chiptalari sotuvi yuzasidan qo'shimcha malumotlarni +998902928515 aloqa raqami orqali olish mumkin.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: