SportUz.Net

"Al Sadd" - Qatarning 16 karra chempioni!

22.02.2022 08:00    


Rasmni yuklab olish

"Al Sadd" mamlakat chempionatining 19-turi doirasida "Al Ahli" maydonida 8:2 hisobida g'alabaga erishib, mamlakatning 16 karra chempioniga aylandi.

Mavsum yakunlanishiga 3 tur qolganda "Al Sadd" hisobida 52 ochko bor. Ularni taqib qilib kelgan "Al Duhayl" esa 18 o'yinda 39 ochko jamlagan.

SHu orqali "Al Sadd" ketma-ket uchinchi marta chempionlikni qo'lga kiritdi. Ushbu klub Qatarda eng ko'p chempion bo'lgan klub hisoblanadi. Boshqa biror klubda xatto 8tadan oshiq chempionlik sovrini yo'q.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: