Boshqa top-klublar bilan raqobatga qaramasdan, kataloniyaliklar hali ham Dortmundning "Borussiya" jamoasi forvardi bilan shartnoma imzolamoqchi.
"Barsa" 75 mln evrolik tovon pulini to'lashga va norvegiyalikning agenti bo'lmish Mino Rayolaga katta komissiyani taqdim qilishga tayyor.
"Barselona"da Xolandni kelishga ishontiruvchi bir nechta dalillar bor. "Ko'k-anorranglilar" 21 yoshli o'yinchini yangi yosh iqtidorlardan iborat yangi klub loyihasida etakchi bo'lishiga ishontirmoqchi.
"Barselona" shuningdek Xolandning o'tishi unga marketing nuqtai nazaridan ham foydali bo'lishiga etibor qaratmoqda, sababi "Barsa" ijtimoiy tarmoqlardagi kuzatuvchilar soni bo'yicha dunyoda etakchilik qilmoqda.
Moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay, "Barselona" Xolandga 5 yillik shartnoma va yiliga 20 mln evro maosh to'lashga tayyor, bu esa uni jamoadagi eng katta maosh oluvchi o'yinchiga aylantiradi.
"Nima uchun yo'q?". 43 yoshli Gennadiy Golovkin ringga qaytish haqidagi savolga javob berdi
Dana Uayt Oq uyda o'tkaziladigan UFC turniri haqida yangi malumotlar bilan o'rtoqlashdi
Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev prof ringda jang qilish haqida: "Tez orada yangiliklar bo'ladi"