Klub oktyabr oyida 41 yoshga to'ladigan futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishga tayyor. Biroq, Zlatan buning uchun maoshi kamayishiga rozi bo'lishi lozim.
Ayni paytda u yiliga 7 million evro maosh oladi. Yangi kelishuv bo'yicha milanliklar unga yiliga 3 million to'lamoqchilar. Bonuslar, o'tkazilgan o'yinlar va bonuslardan kelib chiqqan holda pul 5 milliongacha ko'tarilishi mumkin.
Zlatan mart oyida o'tkaziladigan JCH-2022 saralash bahslaridan so'ng kelajagi borasida yakuniy qarorga keladi. U SHveciya bilan jahon chempionatida ishtirok etmoqchi.
Ibragimovich ushbu mavsumda A Seriyada 15 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi.
Ien Garri: "Agar Maxachev yarim o'rta vaznda titul jangini xohlasa, qolganlar kutib turishadi"