SportUz.Net
photo photo

Gvardiola 5:0 ga qaramay, “Man Siti” futbolchilarini tanqid qildi

16.02.2022 09:25    


Rasmni yuklab olish

ECHL 1/8 finalida “Manchester Siti” safarda “Sporting”ni tor-mor (5:0) etdi va chorak final masalasini deyarli hal qildi.

Uchrashuvdan keyin “shaharliklar” ustozi o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Bazi futbolchilar odatdagidan ko'ra yomonroq o'ynashdi, to'pni oson yo'qotdik. SHu bilan birga bugun juda sovuqqon harakat qildik.

Dastlabki 7 daqiqalikda “Sporting” qanchalar yaxshi ekanini kuzatdik. Menga ishoning jamoalar o'rtasidagi farq 5:0 ga to'g'ri kelmaydi.

Futbolda bir qoida bor: to'p senda bo'lsa, uni yo'qotmaslikka harakat qil, ayniqsa, oson vaziyatlarda. Biz esa ko'p hollarda uni yo'qotdik. Bu Evropaning top jamoalariga qarshi o'yinlarda sodir bo'lsa, raqiblar qarshi hujumga o'tish imkoniga ega bo'ladi. Yanada kuchayishimiz lozim.

“Sporting” – fantastik jamoa, Portugaliya chempioni. Ular qanchalik yaxshi, ajoyib jamoaligidan xabardorman.

Juda xursandman deb ayta olaman, chunki keyingi bosqichga chiqish uchun katta qadam tashladik. Biroq, bu endigina birinchi o'yin. Qoyilmaqom natija, lekin chorak finalga yo'l olish uchun yana bir uchrashuvni o'tkazish kerak.

O'yinchilar ish uslubimni bilishadi. Yanada rivojlanib borishimiz zarur. Ishoning, juda xursandman, ammo bundan ham zo'rroq bo'lishga qodirmiz”, deydi ispaniyalik mutaxassis.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: