SportUz.Net

"Barselona" himoyachilaridan biriga chiqish eshiklarini ko'rsatdi

09.02.2022 11:50    


Rasmni yuklab olish

"Barselona" amerikalik himoyachi Serjino Dest bilan xayrlashishi mumkin.

"Ko'k-anorranglilar" ortiq ushbu o'yinchiga ishonch bildirishmayapti va uni yozgi transfer oynasida sotishga tayyorlar.

21 yoshli futbolchi "Kamp Nou"ga qadar o'ynagan jamoasi bo'lmish "Ayaks"ga qaytishi mumkin. Dest "ko'k-anorranglilar" tomonidan 21 million evroga xarid qilingan. O'yinchi bilan 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan uzoq muddatli shartnoma bor.

Dest joriy mavsum La Liga doirasidagi 14 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta assist qayd etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: