SportUz.Net
photo photo

"Barselona" "Liverpul" futbolchisiga uzoq muddatli shartnoma taklif qildi

11.03.2021 18:23    


Rasmni yuklab olish

"Barselona" "Liverpul" yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum bilan shartnoma imzolash imkonini qo'ldan boy bermoqchi emas.

"Ko'k-anorranglilar" 30 yoshli futbolchi borasida muzokaralarga kirishdi va unga uzoq muddatli shartnoma taklif qilishdi. Jorjino faoliyatini Kataloniya grandida davom ettirishga tayyor.

Gollandning mersisaydliklar bilan tuzgan shartnomasi joriy mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt Veynaldumni 40 million evroga baholamoqda.

Yarim himoyachi joriy mavsum APL doirasidagi 28ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: