SportUz.Net

Xoland Rayolaga kim bilan shartnoma imzolamoqchiligini aytdi. U Mbappe bilan birga o'ynamoqchi

15.01.2022 18:50    


Rasmni yuklab olish

"Manchester Siti" Dortmundning "Borussiya" forvardi Erling Xolandni sotib olishni istamoqda.

"SHaharliklar" ustozi Pep Gvardiolaning shaxsan o'zi tarkibda norvegiyalikni ko'rishni istaydi. Ferran Torres jamoadan ketgach, jamoada faqat bitta nominal hujumchi Gabriel Jezus qolgan.

SHunday bo'lsada, Xolandning o'zi "Real"da to'p tepishni istaydi. 21 yoshli futbolchi agenti Mino Rayolaga hozircha PSJda o'ynayotgan Kilian Mbappe bilan birga "qaymoqranglilar" tarkibida harakat qilish bosh maqsad ekanligini malum qilgan.

SHuning uchun, Xoland vakiliga iloji boricha tezroq "Real" bilan shartnoma shartlarini kelishishni so'ragan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: