Plef-off yarim finalida Portugaliya avval Turkiya bilan, g'alaba qozongan taqdirda Italiya/SHimoliy Makedoniya o'yini g'olibi bilan o'ynaydi.
"Agar jahon chempionatiga chiqa olmasak, bu alamli bo'ladi. Ammo men chiqishimizga haliyam ishonmoqdaman. Futbol va hayotda qiyin damlar bo'ladi. Biroq, yiqilib tushsang yana ko'tarilish imkoni bo'lishi lozim.
Ishonamanki, Portugaliya jahon chempionatida o'ynaydi. Bilaman, oldimizda bitta yoki ikkita qiyin jang kutib turibdi.
Martda biz tayyor bo'lamiz, haqiqiy kurash bo'ladi. Hayot shunaqa, ideal scenariy bo'lmaydi. Biz bularni asli holicha qabul qilishimiz lozim. Mart oyida biz tayyor bo'lamiz", - dedi Ronaldu.