SportUz.Net

54 yoshli Miura Yaponiya to'rtinchi divizionida o'ynaydi

12.01.2022 07:50    


Rasmni yuklab olish

Faxriy futbolchi 1986 yildan buyon professional ravishda futbol o'ynab kelmoqda.

Kadzuyosi Miura "Yokogama"dan "Suzuka Poynt Getters"ga ijaraga o'tib, faoliyatini Yaponiyaning to'rtinchi divizionida davom ettiradi. Keyingi mavsum uning faoliyatidagi 37-mavsum bo'ladi.

"Yokogama" Yaponiya oliy ligasi (J-liga)dan ikkinchi divizionga tushib ketganidan keyin Miura ijaraga berildi. "Poynt Getters"da unga akasi, 56 yoshli Yasutoshi Miura murabbiylik qiladi.

Kadzuyosi Miura fevral oyida 55 yoshga to'ladi. U o'z faoliyatini 1986 yilda boshlagan va Braziliya, Xorvatiya, Italiya, Avstraliya va Yaponiyada to'p tepgan.

U 2005 yildan buyon "Yokogama"ga tegishli, ammo so'nggi yillarda u maydonda kam ko'rinish bermoqda. 2021 yilda u barcha turnirlarda 4 o'yinda maydonga tushib, jami 43 daqiqa maydonda harakat qilgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: