The Telegraph nashrining xabar berishicha, manchesterliklar Konte juda talabchan va bu jamoadagi yosh futbolchilarga to'g'ri kelmaydi deb hisoblashgan
SHuningdek, Kontening qattiqqo'lligi ayni paytda MYU tarkibidagi futbolchilarga ham mos kelmaydi degan havotirlar mavjud bo'lgan.
Natijada Konte "Tottenxem"da ish boshladi, manchesterliklar esa Ralf Rangnikni bosh murabbiy etib tayinlashdi.
Ayni paytda "Tottenxem" APLda 6, MYU esa 7-o'rinni egallab turibdi.